Rossiyada politsiyaga, migrantlarning uylariga ruxsatsiz kirish huquqi berildi

Dunyo

5-martdan boshlab, yangi qonunga muvofiq, Rossiya politsiyasi deportatsiya qilish rejimiga tushgan migrantlar ustidan davlat nazoratini amalga oshirish uchun, ular yashayotgan uy va boshqa binolarga ruxsatsiz kirish huquqiga ega bo‘ladi.

Rossiyada politsiyaga, migrantlarning uylariga ruxsatsiz kirish huquqi berildi
Shuningdek, politsiyachilar Rossiya davlat organlari va chet el davlatlarining hokimiyat idoralaridan davlat nazorati uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar va hujjatlarni talab qilishlari, jumladan, tijorat, bank, soliq va boshqa qonun bilan himoyalangan sirlarni o‘z ichiga oluvchi ma’lumotlarni olishlari mumkin. Bundan tashqari, ular banklardan chet el fuqarosining deportatsiya rejimida bo‘lganida mavjud hisob raqamlari va raqamlariga, ushbu hisoblar bo‘yicha mablag‘lar harakati haqidagi ma’lumotlarni olish huquqiga ega bo‘ladilar.

5 martdan boshlab Ichki ishlar vazirligi xodimlari ushbu rejimdagi chet el fuqarolarini texnik vositalardan foydalanib kuzatish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Ushbu me’yor Rossiyada yashashda chet el fuqarolariga yordam berayotgan jismoniy va yuridik shaxslarga ham taalluqlidir.

Politsiyaga mobil qurilmalar, geolokatsiya, to‘lov tizimlari va yuzni aniqlash tizimlarida ishlatiladigan ma’lumotlardan foydalanish huquqi beriladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing