Yangi yilning ilk kunida qancha chaqaloq dunyoga keldi?

Dunyo

2025 yil 1 yanvar soat 17:00 holatiga ko‘ra, O'zbekistonda jami 1040 nafar chaqaloq dunyoga keldi. (17 soat ichida) Ularning 492 nafari o‘g‘il, 548 nafari qiz.

Yangi yilning ilk kunida qancha chaqaloq dunyoga keldi?
Eng ko‘p tug‘ilish Farg‘ona viloyatida (154 nafar) qayd etildi.

Shuningdek, hududlar kesimida keyingi o‘rinlarni:

Qashqadaryo viloyati (119 nafar),

Toshkent shahri (112 nafar),

Samarqand viloyati (101 nafar),

Surxondaryo viloyati (89 nafar) band

Eng kam tug‘ilish esa Navoiy viloyati (18 nafar) hissasiga to‘g‘ri keldi.

E’tiborlisi, tug‘ilganlar orasida 7 egizak (jami 15 nafar bola) bor, ya’ni 12 nafari ikki homilalik, 3 nafari esa uch homilalik эгизакдир.

Ayni paytda shifokorlar go‘daklarning barchasiga belgilangan standartlar bo‘yicha sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatmoqda.

O'zbekistonda davom etayotgan dam olish kunlarida qator tibbiyot muassasalari bilan birga, tug‘uruq komplekslarida ham tibbiyot xodimlari ishlamoqda. Jumladan, bayram kunlari respublika bo‘ylab 6192 nafar akusher-ginekolog, neonatolog, doya hamda hamshiralar navbatchilik asosida aholiga xizmat ko‘rsatmoqda.

Eslatib o‘tamiz, mamlakatda 2020 yilning shu davrida jami 1111 nafar, 2021 yilda — 1086 nafar, 2022 yilda — 1448 nafar, 2023 yilda — 1312 nafar, 2024 yilda — 1043 nafar chaqaloq dunyoga kelgan edi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing