Vengriya Budapeshtning siyosati keskinlashayotgan bir paytda 10 nafar rossiyalik diplomatni chiqarib yubormoqda
Dunyo
Vengriya Tashqi ishlar vazirligi Rossiya diplomatik missiyasining 10 nafar xodimiga mamlakatni tark etish to‘g‘risida ko‘rsatma berdi. Budapesht bu shaxslar «Vena konvensiyasiga muvofiq diplomatlar uchun nomaqbul bo‘lgan faoliyat» bilan shug‘ullanganini bildirdi.
Vengriya TIV rahbari Anita Orban qaror mamlakat xavfsizligi va suverenitetini himoya qilishga qaratilganini ta’kidladi. Shu bilan birga, bu Rossiya bilan diplomatik aloqalarni uzish degani emas. Budapesht muloqotni «o‘zaro hurmat va belgilangan qoidalarga rioya qilish asosida» davom ettirishini ma’lum qildi.
Vengriya Bosh vaziri Peter Mad’yar hukumat «mamlakat suverenitetini himoya qilishini» bildirdi. Rossiya TIVi esa diplomatlarning chiqarib yuborilishiga javob «qattiq va og‘riqli» bo‘lishini ma’lum qildi.
Qaror Budapeshtning Moskva bilan munosabatlarga oid pozitsiyasi o‘zgarayotgan bir paytda qabul qilindi. Avgust oyida Vengriya ilk bor Rossiyani mamlakat, Yevropa va jahon tartibi uchun tahdid deb rasman e’lon qildi. Shuningdek, Budapesht Rossiyaning harbiy tajovuzini qoralab, Ukrainaning suvereniteti, hududiy yaxlitligi va o‘zini o‘zi himoya qilish huquqini qo‘llab-quvvatladi.
Avvalroq Vengriya mudofaa vaziri Romulush Rusin-Shendi Rossiya razvedkasini Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga «orqa eshik orqali» kirishga urinishda ayblab, «ruslar oldidagi eshikni yopish» niyatini bildirgan edi. Uning ta’kidlashicha, milliy xavfsizlik va NATO a’zoligi masalalarida «hech qanday murosaga yo‘l qo‘yilmaydi».
12 aprel kuni bo‘lib o‘tgan parlament saylovlaridan so‘ng Mad’yar boshchiligidagi «Tisa» partiyasi Viktor Orbanning «Fides» partiyasi ustidan g‘alaba qozondi. Yangi bosh vazir Kiyev bilan munosabatlarni tiklash niyatini bildirib, buni Zakarpatiyadagi vengerlar huquqlarini himoya qilish bilan bog‘ladi. Yangi hukumat davrida Budapesht Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilish bo‘yicha muzokaralarini ham blokdan chiqardi va Kiyev bilan ayrim avvalgi nizolarni hal qildi.

Powered by Froala Editor