Markaziy Osiyo Yaqin Sharqda yadroviy quroldan xoli hudud yaratishga chaqirdi
O'zbekiston
Markaziy Osiyo mamlakatlari tashqi ishlar vazirlari xalqaro hamjamiyatni yangi yadroviy quroldan xoli hududlar, jumladan, Yaqin Sharqda shunday hudud yaratishni qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi. Qo‘shma bayonot Qozog‘iston TIV tomonidan Markaziy Osiyoda yadroviy quroldan xoli hudud to‘g‘risidagi shartnoma imzolanganining 20 yilligi munosabati bilan e’lon qilindi.
Hujjatda tashqi ishlar vazirlari Yadro qurolini tarqatmaslik to‘g‘risidagi shartnomaning (YQTSh) 6-moddasiga muvofiq «yadroviy qurolsizlanish sohasida sezilarli taraqqiyot yo‘qligidan jiddiy xavotir» bildirdi.
Shuningdek, qurollar ustidan nazorat sohasidagi muhim kelishuvlarning amal qilishi to‘xtaganiga e’tibor qaratildi. Mintaqa davlatlari fikricha, «yadroviy arsenallarni modernizatsiya qilishning xavotirli tendensiyasi» qo‘shimcha xatarlarni yuzaga keltirmoqda.
Shu munosabat bilan vazirlar «yadroviy qurollanish poygasining oldini olish maqsadida qurollar ustidan nazoratning yangi, tekshirilishi mumkin bo‘lgan mexanizmlarini zudlik bilan ishlab chiqishga» chaqirdi. Ular bunday mexanizmlar mavjud bo‘lmagan hududlarda yangi yadroviy quroldan xoli zonalar yaratish zarurligini ham ta’kidladi.
«Hozirda bunday hududlar mavjud bo‘lmagan mintaqalarda, jumladan, Yaqin Sharqda yangi yadroviy quroldan xoli hududlarni yaratish bo‘yicha sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlaymiz», — deyiladi bayonotda.
Markaziy Osiyoning qo‘shma pozitsiyasi besh davlatning o‘z tajribasiga asoslangan. 2006-yil 8-sentabr kuni Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston Semipalatinskda Markaziy Osiyoda yadroviy quroldan xoli hudud yaratish to‘g‘risidagi shartnomani imzolagan.
Oradan 20 yil o‘tib, mintaqa davlatlari bunday hududlarni dunyoning boshqa mintaqalariga, jumladan, Yaqin Sharqqa kengaytirish g‘oyasini qo‘llab-quvvatlashini yana bir bor tasdiqladi.

Powered by Froala Editor