O‘zbekistonda Tahliliy va tadqiqot tuzilmalari bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash tashkil etildi
Siyosat
Mamlakatda Tahliliy va tadqiqot tuzilmalar faoliyatini tashkil qilish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash tashkil etilmoqda. Unga Prezident maslahatchisi Sardor Umurzakov mas’ul bo‘ladi. Kengash davlat rahbariga mamlakat ichki va tashqi siyosati bo‘yicha takliflarni muntazam ravishda taqdim etib boradi.
Shavkat Mirziyoyev 31 dekabr kuni "Mamlakatni ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy rivojlantirishda strategik tahlil va tadqiqotlar faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-467- sonli qarorni imzoladi.
Unga ko'rq, Tahliliy va tadqiqot tuzilmalar faoliyatini tashkil qilish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash tashkil etildi.
Ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy rivojlanish bo‘yicha uzoq muddatli strategik tahliliy hujjatlarni hamda mamlakatning ichki va tashqi siyosatiga oid takliflarni muntazam ravishda prezidentga kiritib borish kengashning asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.
Muvofiqlashtiruvchi kengash ichki va tashqi siyosat jarayonlari bo‘yicha strategik tadqiqotlarni tashkil qilish hamda ularni o‘tkazishning barcha jarayonlarini muvofiqlashtirish masalalariga mas’ul bo‘lgan maslahat organi hisoblanadi.
Kengash faoliyatini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, umumiy muvofiqlashtirish hamda idoralararo hamkorlikni ta’minlash Prezidentning maxsus topshiriqlar bo‘yicha maslahatchisi tomonidan amalga oshiriladi. Bu lavozimni 2023 yil avgustidan buyon Prezident administratsiyasining sobiq rahbari Sardor Umurzakov egallab kelmoqda.
Kengash tarkibida quyidagi yo‘nalishlarga mas’ul bo‘lgan ishchi guruhlar tashkil etiladi:
xavfsizlik va ijtimoiy barqarorlik;
davlat va jamiyat qurilishi;
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish;
tashqi siyosat va xalqaro hamkorlik;
hududlarni strategik rejalashtirish va rivojlantirish;
ekologik kun tartibi, jumladan, iqlim o‘zgarishi va suv taqchilligi masalalari.

Powered by Froala Editor