Ukraina Rossiya gazining tranzitini to'xtatganini tasdiqladi
Dunyo
Ukraina Energetika vazirligi rasman Rossiya gazining Yevropa Ittifoqiga tranzitini 1-yanvar tongida to‘xtatilganini ma’lum qildi.
“Milliy xavfsizlik manfaatlarini ko‘zlab, ertalab soat 07:00 da Rossiya tabiiy gazining Ukraina hududi orqali tashilishi to‘xtatildi. Ukraina bu haqida xorijiy hamkorlarga belgilangan tartibda xabar berdi”, deyiladi vazirlik bayonotida.
“Biz Rossiya gazining tranzitini to‘xtatdik, bu tarixiy voqea. Rossiya bozorlarini yo‘qotmoqda va moliyaviy yo‘qotishlarga uchraydi, — dedi vazir German Galushenko vazirlik matbuot xizmati orqali. — Yevropa Rossiya gazidan voz kechish qarorini allaqachon qabul qilgan. Yevropaning Repower EU tashabbusi aynan Ukrainada bugun amalga oshirilgan ishni nazarda tutadi”.
Rossiya gazining Ukraina hududi orqali tranziti Rossiyaning keng ko‘lamli hujumidan oldin, 2019-yil oxirida tuzilgan shartnomalar asosida amalga oshirilgan edi. Yangi yil kechasi bu shartnomalar muddati tugadi va Ukraina ularni uzaytirishdan bosh tortdi.

Powered by Froala Editor