O‘zbekistonga Eronlik sayyohlarning tashrifi ko'paydi
O'zbekiston
2025-yilning yanvar-fevral oylarida Eron Islom Respublikasidan O‘zbekistonga 2,9 ming nafar turist tashrif buyurdi. Mazkur ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2 ming nafarga yoki 3,4 barobarga ko‘proqdir, bu esa Eron va O‘zbekiston o‘rtasidagi turizm aloqalari mustahkamlanayotganini ko‘rsatadi.
Eronlik mehmonlarning O‘zbekistonga tashrif buyurish maqsadlari quyidagicha taqsimlangan:
Xizmat safari bilan – 2 200 nafar
Turistik maqsadlarda – 630 nafar
Qarindoshlarni yo‘qlash – 24 nafar
O‘qish uchun – 20 nafar
Tijorat maqsadida – 3 nafar
O‘zbekistonning boy tarixi, madaniy merosi va Eron bilan umumiy sivilizatsiyaviy ildizlari bu o‘sishda muhim omil bo‘lmoqda. Shuningdek, viza tartiblarining soddalashtirilishi va transport aloqalarining yaxshilanishi ham sayyohlar oqimini oshirgan.

Powered by Froala Editor