O‘zbekistonga mobil telefonlar importi 2024-yilda sezilarli darajada oshdi

Biznes

2024-yilning yanvar-avgust oylarida O‘zbekistonga xorijdan qiymati 236,2 million AQSH dollariga teng bo‘lgan qariyb 2,6 million dona mobil telefon import qilindi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan sezilarli darajada oshdi.

O‘zbekistonga mobil telefonlar importi 2024-yilda sezilarli darajada oshdi
Ma’lumotlarga ko‘ra, bu yil mobil telefonlar importi hajmi 318 579 dona ko‘paygan. Eng ko‘p import qilinadigan davlatlar orasida Xitoy yetakchilik qilmoqda — u yerda 2,1 million dona telefon keltirilgan. Keyingi o‘rinlarda Vyetnam va Hindiston joylashgan.

Xususan, Vyetnamdan 405,5 ming dona, Hindistondan 70,3 ming dona va Gonkongdan 27,1 ming dona telefon import qilingan. BAA esa 3,4 ming dona telefon bilan ro‘yxatni yakunlamoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing