O‘zbekistonga qaysi yoshdagi sayyohlar ko‘proq tashrif buyurishi ochiqlandi

O'zbekiston

O‘zbekistonga asosan 56 yosh va undan katta yoshdagi sayyohlar tashrif buyuradi, deb xabar bermoqda O‘zR Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining matbuot xizmati.

O‘zbekistonga qaysi yoshdagi sayyohlar ko‘proq tashrif buyurishi ochiqlandi
Quyida 2024-yilning yanvar-may oylarida turizm maqsadida O‘zbekistonga kelgan xorijiy fuqarolarning yoshi bo‘yicha soni ko‘rsatilgan:

0-18 yosh - 426,3 ming kishi;

19-30 yosh - 405,0 ming kishi;

31-55 yosh - 1388,2 ming kishi;

56 yosh va undan kattalar - 617,9 ming kishi.

Avvalroq, 2024-yilning yanvar-may oylarida O‘zbekistonga 2,8 milliondan ortiq xorij fuqarosi turizm maqsadida kelgani xabar qilingan edi.


Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing