Oʻzbekistonlik futbolchiga Yevropa eshiklari ochildi

Sport

O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov Fransiyaning “Lans” klubiga o‘tdi. Endi u Fransiya chempionatida o‘ynaydigan birinchi o‘zbekistonlik futbolchiga aylanadi.

Oʻzbekistonlik futbolchiga Yevropa eshiklari ochildi
Futbol boʻyicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Abduqodir Husanov Fransiyaning “Lans” jamoasiga ko‘chib o‘tdi. Bu haqda klub rasmiy sahifasida ma’lum qildi.

Yangi klubida o‘zbekistonlik futbolchi 25-raqam ostida o‘ynaydi. Shartnoma to‘rt yilga tuzilgan, shu munosabat bilan himoyachi 2027-yilgacha fransuz klubida toʻp suradi. Endi Husanov Fransiya chempionatida o‘ynaydigan birinchi o‘zbekistonlik futbolchiga aylanadi.

Eslatib o‘tamiz, kuzda “Lans” klubi UEFA Chempionlar Ligasi guruh bosqichida o‘ynaydi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing