O'zbekistonlik suzuvchi "Osiyo bolalari" o'yinlarida kumush medalni qo'lga kiritdi
Sport
"Osiyo bolalari" xalqaro sport o'yinlari doirasida suzish bo'yicha musobaqaning uchinchi kunida o'zbekistonlik sportchi Maqsudov Muhammadsodik kumush medalni qo'lga kiritdi, deb xabar bermoqda O'zbekiston Suzish Federatsiyasining matbuot xizmati.
Ma’lum qilinishicha, 50 metr masofaga erkin uslubda suzishda u 24.09 soniya natija ko'rsatdi.
Ta'kidlash kerakki, Belarus vakili Xalmak Roman oltin medalga sazovor bo'ldi, uning vatandoshi Karanku Timur esa kumush medalni qo'lga kiritdi.
VIII "Osiyo bolalari" xalqaro sport o'yinlari 2024-yil 26-iyundan 7 iyulgacha Yakutskda o'tkazilmoqda. Musobaqada dunyoning 24 mamlakatidan 30 ta jamoa ishtirok etib, 24 ta sport turi bo'yicha bahslashmoqda. Hammasi bo'lib yosh sportchilar 239 ta medallar jamlanmasini qo'lga kiritadilar.

Powered by Froala Editor