O‘zbekistonlik yosh tennischi Ruminiyada turnir g‘olibi bo‘ldi

Sport

Saidaslam Farhodov Tennis Europe tashkiloti tomonidan Ruminiyada o‘tkazilgan U14 yosh toifasidagi xalqaro turnir g‘olibiga aylandi.

O‘zbekistonlik yosh tennischi Ruminiyada turnir g‘olibi bo‘ldi
Final bahsida o‘zbekistonlik sportchi Aleksandr Borisov (Bolgariya) ustidan 6:3, 6:3 hisobida g‘alaba qozondi.

Farhodov musobaqa davomida barqaror o‘yin namoyish etib, o‘zbek tennisining xalqaro maydondagi salohiyatini yana bir bor tasdiqladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing