O‘zbekistonliklar Navro‘z munosabati bilan necha kun dam oladi?

O'zbekiston

Bahor yangilanish va go'zal ayyomlar fasli. Ushbu bayram kunlarini maroqli o'tkazish maqsadida hukumat tomonidan qo'shimcha dam olish kunlari belgilangan. 8-mart Xotin-qizlar kuni va Navroʻz munosabati bilan o'zbekistonliklar necha kun dam olishi ma'lum bo'ldi.

O‘zbekistonliklar Navro‘z munosabati bilan necha kun dam oladi?
Mart oyida fuqarolar uchun belgilangan dam olish kunlari quyidagicha:

8-mart (shanba) — Xotin-qizlar kuni (rasmiy bayram, dam olish kuni);

9-mart (yakshanba) — hafta oxiri, dam olish kuni;

10-mart (dushanba) — 5 kunlik ish haftasida ishlovchilar uchun qo‘shimcha dam olish kuni, 6 kunlik ish haftasida ishlovchilar uchun ish kuni;

21-mart (juma) — Navro‘z bayrami (rasmiy bayram, dam olish kuni);

22-mart (shanba) — 5 kunlik ish haftasida ishlovchilar uchun dam olish kuni, 6 kunlik ish haftasida ishlovchilar uchun ish kuni;

23-mart (yakshanba) — hafta oxiri, dam olish kuni.

Shuningdek, Mehnat kodeksining 208-moddasiga asosan, dam olish kuni ishlanmaydigan bayram kuniga to‘g‘ri kelsa, dam olish kuni bayramdan keyingi ish kuniga ko‘chiriladi. Bu me’yor fuqarolarning qulay dam olishini ta’minlash maqsadida joriy qilingan.

Ushbu tartib fuqarolarga Navro‘z bayramini keng nishonlash, yaqinlari bilan vaqt o‘tkazish va bahor faslining lazzatini his qilish imkonini beradi. Demak, oldinda nafaqat go‘zal bayram, balki maroqli dam olish kunlari ham kutmoqda!

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing