O'zbekistonliklarni Rossiyada kuchaytirilgan xavfsizlik choralariga rioya qilishga chaqirishdi

Dunyo

Rossiya Federatsiyasining Moskva viloyatida 22-mart kuni yuz bergan terakt sababli butun mamlakat bo‘ylab xavfsizlik choralari kuchaytirilmoqda. Bu haqda O’zbekiston tashqi mehnat migratsiyasi agentligining matbuot xizmati ma’lum qildi.

O'zbekistonliklarni Rossiyada kuchaytirilgan xavfsizlik choralariga rioya qilishga chaqirishdi
Agentlik Rossiyaga borayotgan, ushbu mamlakat hududida bo‘lib turgan yoki mamlakatdan chiqib ketyotgan O’zbekiston fuqarolaridan ushbu xavfsizlik choralari talablarini inobatga olgan holda harakatlanishni so’ramoqda:

shaxsni taqdiqlovchi va mamlakatda bo‘lish yoki ishlash huquqini buruvchi hujjatlarni o‘zlari bilan birga olib yurish;
jamoat joylarga sababsiz bormaslik;
notanish yoki shubhali insonlar bilan muloqotga kirishmaslik;
telefon va boshqa qurilmalarda taqiqlangan foto, audio va video materiallarni saqlamaslik;
safar rejalashtirilgan bo‘lsa, vokzal yoki aeroportga belgilangan vaqtdan oldinroq borish.
Shuningdek, xabarda O’zbekiston fuqarolari biror muammoga duch kelganda yoki o‘zlarini qiziqtirgan boshqa savollar bilan mamlakatning konsullik idoralari yoki Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakolatxonasiga murojaat qilish tavsiya etilmoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing