O’zbekistonliklarning o’rtacha oylik nominal ish haqi e’lon qilindi

Iqtisodiyot

Bank, sug‘urta, lizing, kredit va vositachilik bilan shug’ullanuvchilar, shuningdek, axborot va aloqa sohasida ishlaydiganlar eng ko’p oylik olishi aytildi.

O’zbekistonliklarning o’rtacha oylik nominal ish haqi e’lon qilindi
2024 yilning birinchi yarmida O‘zbekistonda o‘rtacha oylik nominal ish haqi 5 mln 92 ming so‘mni tashkil etdi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 17,4 foiz o’sish kuzatilganini bildiradi. Bu bo’yicha ma’lumotlar Statistika agentligi e’lon qilgan hisobotda keltirilgan.

Hududlar kesimida o‘rtacha oylik ish haqining eng yuqori miqdori Toshkent shahri (8 mln 450 ming), Navoiy (6 mln 602 ming) va Toshkent viloyatida (4 mln 918 ming) qayd etilgan. Eng kam maoshlar Qashqadaryo (3 mln 634 ming), Surxondaryo (3 mln 688 ming) va Namangan (3 mln 751 ming) viloyatlarida kuzatilgan.

2024 yilning yanvar-iyun oylarida hududlar bo‘yicha o‘rtacha oylik nominal ish haqining eng yuqori o‘sish sur’atlari Toshkent shahrida (20,2 foiz), Samarqand (18,2 foiz), Andijon (17,6 foiz), Farg‘ona (16,8 foiz) hamda Navoiy (16,2 foiz) viloyatlarida kuzatilgan.

2024 yilning birinchi yarmi yakunlari bo‘yicha sohalar kesimida eng yuqori o‘rtacha oylik ish haqi miqdori:

bank, sug‘urta, lizing, kredit va vositachilik faoliyatida – 14,4 million so‘m;

axborot va aloqa sohasida – 12,4 mln so‘m;

tashish va saqlash sohasida – 7,7 mln so‘m;

sanoat sohasida – 6,2 mln so‘m;

savdo sohasida – 5,8 mln so‘m;

qurilish sohasida – 5,4 mln so‘m;

yashash va ovqatlanish xizmatlari sohasida – 4,5 mln so‘m;

san’at, ko‘ngil ochish va dam olish sohasida – 4,1 mln so‘m;

ta’lim sohasida – 3,5 mln so‘m;

sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida – 3,3 mln so‘mni tashkil etgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing