O’zbekistonning 1-raqamli anori haqida nimalarni bilasiz?
O'zbekiston
Sherobod anorlari tuman brendiga aylangan bo‘lib, bozorda o‘zining qiymati va bahosiga ega. Vohadagi eng xaridorgir anor ham Sherobodda yetishtiriladi. Tumanliklar anorni barcha mevalarning "podshohi" deyishadi, bunga sabab uning boshidagi mitti tojidir, deyiladi Qishloq xo‘jaligi vazirligining matbuot xizmati xabarida.
Tumandagi anorlarning "Gulobi", "Toshqo‘rg‘on", "Gayzara", "Qora dona" kabi navlari 10 ga yaqin davlatlariga eksport qilinadi. Ular orasida Janubiy Koreya, Rossiya, Xitoy, Qirg‘iziston va Tojikiston bor. Eksportning geografik salohiyati yildan-yilga ortmoqda.
Tuman anorlari boshqa hududlarda yetishtirilayotgan anorlardan farqli rivojlanadi. Qaddi tik holatda o‘sadi. Ba’zi viloyatlarda anorlarni sovuqdan asrash uchun ko‘mib qo‘yishadi. Shu sababli, meva shoxlari egilgan holatda o‘sadi.
Sherobod anorining o‘ziga xos bo‘lib yetilishida hudud iqlimining hissasi katta. Anor yuqori haroratda yaxshi yetilishini hisobga olsak, ushbu meva uchun qulay iqlim aynan shu tumanda. Aytish mumkinki, Sherobod sersuv, uning tuprog‘i ham unumdordir, deyiladi vazirlik xabarida.
Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining ma’lumotlariga ko’ra, 2024-yilning fevral oyida yirik korxonalar tomonidan 159,9 tonna anor sharbati ishlab chiqarildi.

Powered by Froala Editor