O‘zbekistonning 2024-yil yanvar-aprel oylari uchun iqtisodiy ko‘rsatkichlari e’lon qilindi

Iqtisodiyot

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi joriy yilning toʻrt oyi yakunlari boʻyicha mamlakatimiz iqtisodiy koʻrsatkichlarini eʼlon qildi:

O‘zbekistonning 2024-yil yanvar-aprel oylari uchun iqtisodiy ko‘rsatkichlari e’lon qilindi
— sanoat ishlab chiqarish fizik hajmi indeksi – 109,8%

— qurilish ishlari hajmining o‘sish sur’ati – 107%

— chakana savdo tovar aylanmasi o‘sish sur’ati – 108,9%

— bozor xizmatlari hajmining o‘sish sur’ati – 112,9%

— tashqi savdo aylanmasi o‘sish sur’ati – 105,9%

— eksportning o‘sish sur’ati – 109%

— importning o‘sish sur’ati – 103,9%

Faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni – 469 261 tani, faoliyat ko‘rsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklaridan tashqari) soni esa 400 491 tani tashkil etadi.

Ta’kidlash joizki, yanvar-aprel oylarida O‘zbekiston Respublikasida 46,9 trln so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan. Bu ko‘rsatkich 2023-yilning mos davri bilan solishtirilganda 7% ga oshgan. 2024-yilning 1-may holatiga O‘zbekistonda qurilish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan korxona va tashkilotlar soni 32 926 taga etgan. Qurilish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan korxona va tashkilotlarning 7 248 tasi Toshkent shahrida joylashgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing