O‘zbekistonning birinchi qayta tiklanuvchi vodorod zavodi uchun EBRR $65 mln ajratdi
O'zbekiston
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (EBRR) O‘zbekistonda o‘g‘it ishlab chiqarish va elektr energiyasi ishlab chiqarishni dekarbonizatsiya qilish uchun qayta tiklanuvchi vodorod ishlab chiqaruvchi zavod qurilishini moliyalashtiradi.
Mazkur loyiha doirasida yillik 3000 tonnagacha qayta tiklanuvchi vodorod ishlab chiqarish rejalashtirilgan bo‘lib, bu har yili 22 ming tonna CO2 chiqindilarini kamaytirishga xizmat qiladi.
Mazkur loyiha 20 MVt quvvatga ega elektroliz qurilmasi va 52 MVt quvvatga ega yangi shamol elektr stansiyasidan iborat bo‘ladi. EBRR bu loyihani amalga oshirish uchun ACWA Power UKS Green H2 kompaniyasiga $65 millionlik moliyaviy paket taklif qilmoqda. Ushbu kompaniya ACWA Power va O‘zbekistondagi kimyo sanoati korxonalarini birlashtirgan Uzkimyosanoatga tegishli.
Moliyaviy paket EBRR tomonidan taqdim etilgan $55 millionlik kredit va Kanada tomonidan taqdim etilgan iqlim o‘zgarishlariga qarshi kurash bo‘yicha yuqori samarali sheriklik maxsus fondi (HIPCA) doirasida taqdim etilgan $10 milliongacha bo‘lgan imtiyozli mablag‘dan iborat. EBRR, shuningdek, loyiha uchun $5,5 milliongacha bo‘lgan oraliq kapital kreditini ham rejalashtirmoqda.
Mazkur loyiha Markaziy Osiyoda birinchi bo‘lib amalga oshiriladigan loyiha hisoblanadi va u O‘zbekistonda ammiak o‘g‘itlari ishlab chiqarishda keng qo‘llanilayotgan tabiiy gazdan olingan "kulrang" vodorodni qayta tiklanuvchi vodorod bilan almashtirishga yordam beradi. Bu esa o‘g‘it ishlab chiqarish sanoatini dekarbonizatsiya qilishning muhim qadamidir.

Powered by Froala Editor