O‘zbekistonning Bosniya va Gersegovinadagi ilk elchisi diplomatik tarixni boshlab berdi

Siyosat

O‘zbekiston tashqi siyosatida muhim sahifa ochildi — 2025-yil 14-aprel kuni O‘zbekistonning Bosniya va Gersegovinadagi birinchi Favqulodda va Muxtor Elchisi Baxtiyor Ibragimov o‘z ishonch yorliqlarini ushbu davlat Prezidiumi raisi Jelka Sviyanovichga topshirdi. Ushbu voqea ikki davlat o‘rtasida diplomatik aloqalarning rasmiy ravishda boshlanishidan darak beradi.

O‘zbekistonning Bosniya va Gersegovinadagi ilk elchisi diplomatik tarixni boshlab berdi
Baxtiyor Ibragimov va Jelka Sviyanovich o‘rtasidagi suhbatda savdo-iqtisodiy, madaniy va turizm sohalaridagi imkoniyatlar muhokama qilinib, hamkorlikni chuqurlashtirishga alohida e’tibor qaratildi.

Prezidium raisi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarga yuqori baho berdi. Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida olib borilayotgan ochiqlik va modernizatsiyaga yo‘naltirilgan siyosat xorijiy hamkorlar tomonidan tobora katta ishonch bilan kuzatilayotganligini e'tirof etdi.

Baxtiyor Ibragimov o‘z faoliyati davomida Yevropaning bir qator davlatlarida – Avstriya, Albaniya va Slovakiyada – elchi sifatida muvaffaqiyatli xizmat qilgan tajribali diplomat hisoblanadi. U shuningdek, Vena shahrida joylashgan nufuzli xalqaro tashkilotlar – YEXHT, YUNODC, MAGATE hamda Yadro sinovlarini taqiqlash bo‘yicha shartnoma tashkilotida O‘zbekiston vakili sifatida akkreditatsiyadan o‘tgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing