O'zbekistonning Bryusseldagi yangi elchisi tayinlandi

Siyosat

G'ayrat Fozilov 2015–2017 va 2021–2023-yillarda O'zbekiston Tashqi ishlar vazirining o'rinbosari lavozimida ishlagan.

O'zbekistonning Bryusseldagi yangi elchisi tayinlandi
O'zbekistonning yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi G'ayrat Fozilov kecha tunda Belgiya va Yevropa Ittifoqi poytaxtiga tashrif buyurdi. Bu haqda "Dunyo" xabar berdi.

G'ayrat Fozilov 2015–2017 va 2021–2023-yillarda O'zbekiston Tashqi ishlar vazirining o'rinbosari lavozimida ishlagan. TIV qoshidagi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini tamomlagan.

“1996-yildan buyon TIV tizimida faoliyat yuritib kelmoqda. Diplomatik xizmatini Yevropa davlatlari bilan hamkorlik bo'yicha boshqarma attashesi sifatida boshlagan. TIV markaziy apparatida, O'zbekiston Prezidenti huzuridagi Milliy xavfsizlik kengashida, shuningdek, mamlakatimizning Fransiya, va Belgiyadagi elchixonalarida, NATO huzuridagi missiyada turli lavozimlarda ishlagan. 2018-2021-yillarda Yaponiyadagi elchi vazifasida faoliyat yuritgan”, deyiladi xabarda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing