O‘zbekistonning davlat qarzi $30 mlrdga yaqinlashdi
Iqtisodiyot
Davlat qarzi 2022-yil davomida 2,9 mlrd dollarga oshgan bo‘lsa-da, yalpi ichki mahsulot tez suratlarda, ya’ni 11,1 mlrd dollarga o‘sganligi tufayli davlat qarzining YaIMga nisbati pasaygan.
Oʻzbekiston davlat qarzi 2023-yilning 1-yanvar holatiga koʻra, 29,2 mlrd dollarni (shundan davlat tashqi qarzi – 25,9 mlrd dollar, davlat ichki qarzi – 3,3 mlrd dollar) tashkil etmoqda. Bu haqda Moliya va iqtisodiyot vazirligi tomonidan eʼlon qilingan 2022-yilning yakunlari bo‘yicha tashqi qarz holati va dinamikasida keltirilgan.
Qayd etilishicha, davlat qarzining YaIMga nisbati 2021-yil boshida 39 foizni (2021-yil yakunida – 38 foiz) tashkil etgan bo‘lsa, 2023-yilning 1-yanvar holatiga 36,4 foizgacha pasaygan.
“Davlat qarzi 2022-yil davomida 2,9 mlrd dollarga oshgan bo‘lsa-da, yalpi ichki mahsulot tez suratlarda, ya’ni 11,1 mlrd dollarga o‘sganligi tufayli davlat qarzining YaIMga nisbati pasaygan”, deyiladi hisobotda.
Joriy yil uchun davlat nomidan va davlat kafolati ostida tashqi qarzlarni jalb qilish bo‘yicha yillik imzolanadigan yangi bitimlarning cheklangan hajmi 4,5 mlrd dollar miqdorida belgilangan. 2022-yilda O‘zbekiston nomidan umumiy qiymati 4 mlrd 486 mln dollar miqdoridagi 23 ta tashqi qarz bitimi imzolangan.
O‘tgan yil yakuni bo‘yicha jami davlat tashqi qarzining 33,4 foizi yoki 8,6 mlrd dollari davlat budjetini qo‘llab-quvvatlashga, 11,6 foizi yoki 3 mlrd dollari elektroenergetika sanoatiga, 10,9 foizi yoki 2,84 mlrd dollari energetika sanoatiga, 9,8 foizi yoki 2,54 mlrd dollari qishloq va suv xo‘jaligiga, 9,7 foizi yoki 2,51 mlrd dollari transport va transport infratuzilmasiga, 8,9 foizi yoki 2,3 mlrd dollari uy-joy kommunal xo‘jaligi sohalariga yo‘naltirilgan mablag‘lar hissasiga to‘g‘ri kelgan.
“Davlat qarzi to‘g‘risida”gi qonunga ko‘ra, davlat qarzi summasining yalpi ichki mahsulotga nisbatan eng yuqori miqdori 60 foizdan oshmasligi ko‘zda tutilgan.

Powered by Froala Editor