O'zbekistonning Nyu-Yorkdagi yangi bosh konsuli tayinlandi

O'zbekiston

O'zbekistonning Nyu-Yorkda yangi tayinlangan bosh konsuli Jamil Sharapov o'z vazifasini bajarishga kirishdi. Bu haqda "Dunyo" ma'lum qildi.

O'zbekistonning Nyu-Yorkdagi yangi bosh konsuli tayinlandi
Bildirilishicha, Jamil Sharapov shu kunga qadar TIVning Konsullik-huquqiy departamenti direktori o'rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi. 42 yoshli diplomat Toshkent davlat sharqshunoslik institutini (hozirgi Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti) tamomlagan. Nyu-Yorkka tayinlanishidan oldin Tashqi ishlar vazirligi, O'zbekiston Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutida turli lavozimlarda ishlagan.

Jamil Sharapov 2018-2023-yillarda Nyu-Yorkdagi Bosh konsullikni boshqargan Kamol Ikromov o'rniga tayinlangan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing