O‘zbekistonning oltin zaxiralari rekord darajaga yetdi

Iqtisodiyot

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, 2026 yil 1 yanvarda mamlakatning xalqaro zaxiralaridagi oltinning qiymati 55,1 mlrd dollarga yetdi. Bu ko‘rsatkich 2025 yil boshida 32,0 mlrd dollarni tashkil etgan edi.

O‘zbekistonning oltin zaxiralari rekord darajaga yetdi
Oltin zaxiralari hajmi 12,3 milliondan 12,6 million troy unsiyaga oshdi. Ushbu o‘sish jismoniy zaxiralarning ko‘payishi hamda jahon bozoridagi oltin narxining oshishi bilan izohlanadi.

Mutaxassislar ta’kidlaganidek, oltin zaxiralarning mustahkamlanishi mamlakatning moliyaviy barqarorligini oshiradi va xalqaro maydonda iqtisodiy ishonchni kuchaytiradi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing