O‘zbekistonning paxta sohasidagi islohotlari xalqaro forumlarda yuqori baholandi
O'zbekiston
Sherzod Asadov Butunjahon paxta kuni va dengizga chiqish imkoniga ega bo‘lmagan rivojlanayotgan mamlakatlarning oziq-ovqat xavfsizligiga bag‘ishlangan forum ishtirokchilariga O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning murojaatini o‘qib eshittirdi. Tadbirda 30 dan ortiq mamlakatdan olimlar, ekspertlar, tadbirkorlar va xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etmoqda.
Murojaatda O‘zbekistonda paxtachilik yangi bosqichga ko‘tarilgani qayd etilgan. O‘zbekiston olimlari g‘o‘zaning qariyb 300 ta ertapishar navini yaratgan, ekishdan hosilni yig‘ib olishgacha bo‘lgan jarayonlar mexanizatsiyalashgan. Zamonaviy agrotexnologiyalar tufayli ayrim xo‘jaliklarda hosildorlik gektariga 100 sentnergacha yetmoqda.
Murojaatda iqlim o‘zgarishi, suv tanqisligi va logistika zanjirlaridagi uzilishlarning oziq-ovqat xavfsizligiga ta’siriga ham e’tibor qaratilgan. Dengizga chiqish imkoniga ega bo‘lmagan davlatlar uchun yuqori transport xarajatlari jiddiy to‘siq bo‘lib qolmoqda. Shu munosabat bilan O‘zbekiston oziq-ovqat savdosi va logistikasidagi cheklovlarni qisqartirish, uni yetkazib berish qoidalarini soddalashtirish tarafdori.
Murojaatda 2030-yilgacha oziq-ovqat ishlab chiqarishni ikki baravar oshirish, eksport va qo‘shilgan qiymatni esa uch baravar ko‘paytirish maqsadi belgilangan. Shuningdek, Markaziy Osiyo davlatlari, dengizga chiqish imkoniga ega bo‘lmagan mamlakatlar va tranzit hamkorlarni birlashtiradigan oziq-ovqat sohasidagi hamkorlik dasturini ishlab chiqish taklif etilgan.
Bundan tashqari, mahsulotlarni qayta ishlash, saqlash va tashish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni kengaytirish taklif qilindi. Bu choralar oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash va mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan.
Tadbirlarda so‘zga chiqqan BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) bosh direktori Qu Dongyu, Xalqaro paxta bo‘yicha maslahat qo‘mitasi (ICAC) ijrochi direktori Eric B. Trachtenberg va JST bosh direktorining o‘rinbosari Jean-Marie Paugam Prezident Shavkat Mirziyoyevning paxta sohasidagi islohotlariga yuqori baho berdi.
Ular majburiy mehnatga barham berish hamda xom paxta eksportidan uni chuqur qayta ishlashga jadal o‘tish muhim yutuq va boshqa mamlakatlar uchun namuna bo‘lganini ta’kidladilar.

Powered by Froala Editor