O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 4,5 milliard dollarni tashkil etdi

Iqtisodiyot

2025-yil yanvar oyida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 4,5 milliard dollarni tashkil etdi va 2024-yilning yanvar oyiga nisbatan 297,2 million dollarga yoki 7,1 foizga o‘sdi.

O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 4,5 milliard dollarni tashkil etdi
Ushbu davrda eksport hajmi 1,3 milliard dollarni, import hajmi esa 3,2 milliard dollarni tashkil etdi. Shuningdek, manfiy tashqi savdo balansi -1,9 milliard dollar bo‘ldi.

Yirik tashqi savdo hamkorlari
O‘zbekiston jahonning 154 ta mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirmoqda. Tashqi savdo aylanmasining asosiy ulushiga ega davlatlar quyidagilardir:

XXR (Xitoy) - 22,1 foiz

Rossiya - 17,7 foiz

Qozog‘iston - 7,0 foiz

Turkiya - 4,7 foiz

Germaniya - 3,8 foiz

Mintaqalar bo‘yicha tashqi savdo ko‘rsatkichlari

MDH mamlakatlari bilan savdo hajmi - 1,6 milliard dollar

YeOII mamlakatlari bilan - 1,2 milliard dollar

Boshqa davlatlar bilan - 2,9 milliard dollar

Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bilan - 0,6 milliard dollar

Tashqi savdoda hududiy ulushlar

Toshkent shahri - 41,7 foiz ulush bilan 1,9 milliard dollar

Sirdaryo viloyati - 1,2 foiz ulush bilan 52,1 million dollar

Mazkur ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi axborot xizmatiga tayanib, Review tomonidan e’lon qilindi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing