O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 59 mlrd dollardan oshdi
O'zbekiston
2025-yil yanvar–sentabr oylarida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 59,8 milliard AQSH dollarini tashkil etdi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 22,9 foizga ko‘pdir. Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakat eksport hajmini sezilarli darajada oshirib, xalqaro bozordagi mavqeini mustahkamlamoqda.
Hisobot davrida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi (TSA) 59,8 milliard dollar bo‘ldi. Bu 2024-yilning yanvar–sentabr oylariga nisbatan 11,1 milliard dollarga ko‘p.
Umumiy hajmda:
- Eksport — 26,7 milliard dollar (+33,3%),
- Import — 33,1 milliard dollar (+15,6%).
Tashqi savdoda manfiy saldo 6,4 milliard dollarni tashkil etdi.
O‘zbekiston 206 ta davlat bilan savdo aloqalarini yo‘lga qo‘ygan. Eng yirik hamkorlar:
- Xitoy (19,1%),
- Rossiya (15,7%),
- Qozog‘iston (5,8%),
- Turkiya (3,6%),
- Koreya Respublikasi (2,2%).
Mutaxassislar fikricha, tashqi savdo hajmining ortishi mamlakat iqtisodiyotining barqaror o‘sishini va O‘zbekiston mahsulotlarining xalqaro bozorda raqobatbardoshligini ko‘rsatadi.

Powered by Froala Editor