“Oʻzkimyosanoat” AJ BB- “Barqaror” xalqaro kredit reytingini qoʻlga kiritdi

O'zbekiston

Bu Oʻzbekiston kimyo sanoati tarixidagi ilk natija hisoblanadi.

“Oʻzkimyosanoat” AJ BB- “Barqaror” xalqaro kredit reytingini qoʻlga kiritdi
Joriy yilning 24-oktabr kuni London shahrida Fitch Ratings agentligi va “Oʻzkimyosanoat” AJ vakillari oʻrtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Natijada Fitch Ratings reyting qoʻmitasi “Oʻzkimyosanoat” AJga xalqaro kredit reytingini berish toʻgʻrisida qaror qabul qildi. “Oʻzkimyosanoat” AJ Oʻzbekiston kimyo sanoati tarixida ilk bor BB- “Barqaror” xalqaro kredit reytingini qoʻlga kiritdi.

Shuningdek, jamiyat va xalqaro agentlik oʻrtasida uzoq muddatli hamkorlik boʻyicha kelishuvlar imzolandi.

Maʼlumot uchun, Fitch Ratings Inc. - dunyodagi eng yirik xalqaro reyting agentliklaridan biri. Jahon kredit bozorlarini mustaqil va istiqbolli kredit baholashlari, tadqiqotlari va maʼlumotlari bilan taʼminlashga ixtisoslashgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing