Parij prokuraturasi Fransiyadagi prezidentlik saylovlariga Rossiya aralashuvini tergov qilmoqda
Dunyo
Parij prokuraturasi asosiy erkinliklarni himoya qilish bo‘linmasi orqali Fransiyada bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlarining ehtimoliy nomzodlariga qaratilgan Rossiya desinformatsiya kampaniyasida shubhalar bo‘yicha tergov boshladi. Idora sobiq bosh vazirlar Eduard Filipp va Gabriel Attal, shuningdek, yevrodeputat Rafael Glyuksmanga qarshi qilingan axborot hujumlari faktlarini tekshirmoqda.
Hukumatning sobiq rahbari Gabriel Attal Rossiya tarmoqlaridan kelib chiqqan xorijiy aralashuv bo‘yicha shikoyat kiritdi. Siyosatchiga nisbatan Le Figaro va Libération nashrlari ramzlari tushirilgan, uning kasalxonaga yotqizilgani va Parkinson kasalligiga chalingani haqidagi soxta video materiallar tarqatilgan. Avvalroq Attal RTL efirida bunday hujumlarga qarshi chora ko‘rilmasa, ovoz berish natijalari buzilishi mumkinligini ta'kidlagan edi.
Sobiq bosh vazir Eduard Filipp ham shunday manipulyatsiyalarga duch keldi. Ijtimoiy tarmoqlarda va soxta saytlarda uning saylov poygasida ishtirok etishiga to‘sqinlik qiluvchi demensiyadan aziyat chekayotgani haqida yolg‘on ma'lumotlar tarqatildi, bu xabarlar uning atrofdagilari tomonidan rad etildi.
AntiBot4Navalny monitoring guruhi tadqiqotchilari "Matryoshka" deb nomlangan ta'sir o‘tkazish operatsiyasini aniqladilar. O‘z navbatida, Yevroparlament deputati Rafael Glyuksman Fransiya Mudofaa va milliy xavfsizlik bosh kotibiyati (SGDSN) ogohlantirishidan so‘ng sudga murojaat qildi. Idora ma'lumotlariga ko‘ra, siyosatchiga qilingan hujum Rossiya harbiy razvedkasi bilan bog‘liq desinformatsiya guruhlari faoliyati bilan aloqador.
Parij prokuraturasi, shuningdek, 2026-yilgi munitsipal saylovlar davrida Marsel, Tuluza va Rube shaharlaridagi "Bo‘ysunmas Fransiya" harakati nomzodlari dipfeyk texnologiyalari nishoniga aylangan hodisalarni tergov qilishni davom ettirmoqda.

Powered by Froala Editor