PFL 2024-yil yakunlari boʻyicha Oʻzbekiston chempionatining eng yaxshilarini eʼlon qildi
Sport
Roʻziqul Berdiyev mavsumning eng yaxshi murabiyi deb topildi. 53 yoshli mutaxassis yakunlangan mavsumda “Nasaf” bilan ilk bor mamlakat chempionligini qoʻlga kiritdi.
Chempion jamoa aʼzosi Akmal Mozgovoy esa eng yaxshi futbolchi deb eʼtirof etildi. 24 yoshli yarimhimoyachi yakunlangan mavsumda 23 oʻyinda 4 gol va 1 assistni oʻz hisobiga yozdirib qoʻydi. Akmalning “Lokomotiv” (1:0) darvozasiga qaychi uslubida urgan goli Qarshi klubiga ilk chempionlikni keltirdi.
Barcha nominatsiyalar gʻoliblari:
Eng yaxshi futbolchi — Akmal Mozgovoy (“Nasaf”)
Eng yaxshi murabbiy — Roʻziqul Berdiyev (“Nasaf”)
Eng yaxshi yosh oʻyinchi — Abdugʻofur Haydarov (“Surxon”)
Eng yaxshi legioner — Vladimir Yovovich (“Soʻgʻdiyona”)
Mavsum kashfiyoti — Anvarjon Hojimirzayev (“Dinamo”)
Mavsum toʻpurari — Dragan Cheran (“Paxtakor”)
Eng chiroyli gol muallifi — Marko Milichkovich (“Metallurg”)
Eng yaxshi hakam — Shavkat Nasibullayev
Fair Play sovrini — OKMK klubi

Powered by Froala Editor