Pokiston Bosh vaziri rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi
Siyosat
Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif 25-26 fevral kunlari rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi. Iqtisodiy hamkorlik, transport loyihalari va madaniy aloqalar muzokaralar markazida bo‘ladi.
Ikki mamlakat yetakchilari tovar ayirboshlashni ko‘paytirish, transport yo‘laklarini rivojlantirish, yengil va charm sanoati, qishloq xo‘jaligi, farmatsevtika va boshqa sohalarda qo‘shma tashabbuslarni muhokama qiladilar.
Bundan tashqari, uchrashuv davomida xalqaro va mintaqaviy masalalar ko‘rib chiqiladi. Sammit yakunida bir qator ikki tomonlama bitimlar imzolanishi, shuningdek, davlat rahbarlarining O‘zbekiston-Pokiston biznes-forumida ishtirok etishi rejalashtirilgan bo‘lib, unda tadbirkorlar ishbilarmonlik hamkorligi istiqbollarini muhokama qilishlari mumkin.

Powered by Froala Editor