Pokiston Bosh vazirini tantanali kutib olish marosimi bo‘ldi

O'zbekiston

Toshkentdagi Xalqaro kongress markazida 26-fevral kuni O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelgan Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Shahboz Sharifni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Pokiston Bosh vazirini tantanali kutib olish marosimi bo‘ldi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev oliy martabali mehmonni shaxsan kutib oldi, so‘ng harbiy orkestr ikki mamlakat madhiyalarini ijro etdi.

Tantanali tadbir doirasida yetakchilar faxriy qorovul safi oldidan o‘tib, rasmiy delegatsiyalar a’zolarini bir-biriga tanishtirdilar. Marosimda ikki tomonlama munosabatlarning yuqori darajasi va tashrifning do‘stona xarakteri qayd etildi.

Tomonlar tor va kengaytirilgan tarkibda bo‘lib o‘tadigan muzokaralarda ikki tomonlama kun tartibidagi asosiy masalalar, jumladan, savdo-iqtisodiy hamkorlik, transport-logistika loyihalari, investitsiyalar, mintaqaviy xavfsizlikning dolzarb masalalarini muhokama qiladilar.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing