Pokistondan kartoshka import qilindi, mahsulot narxi pasaydi

Iqtisodiyot

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti mutaxassislari 2025-yilning fevral oyida Toshkent shahridagi yirik supermarketlarda 21 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxining o‘zgarishini ko‘rib chiqdi. Monitoring natijalariga ko'ra, 6 turdagi mahsulot narxi o’tgan oylarga nisbatan pasaygan. Bu haqida IMRS Research xabar berdi.

Pokistondan kartoshka import qilindi, mahsulot narxi pasaydi
Aniqlanishicha, kartoshkaning minimal narxi 26,1 foiz, qizil sabziniki 11,3 foiz, lavlaginiki 8,2 foiz, tuxumniki 7,8 foiz, sutniki 0,9 foiz, shakarniki 0,4 foiz pasaygan. O‘tgan oyda kartoshka narxi oshganidan keyin Pokistondan kartoshka import qilindi va bu uning narxi pasayishiga olib keldi.

8 turdagi mahsulot bo‘yicha minimal narxlar oshgan. Ayniqsa, oqbosh karam narxida eng katta o‘sish qayd etildi. Bu mavsumiy omil bilan bog‘liq.

Bodring narxi ham sezilarli darajada oshgan, ammo o‘tgan yilning shu davridagiga nisbatan 30,0 foiz arzon.

7 turdagi mahsulotning eng past narxlari o‘zgarishsiz qolgan. Bular -  bug‘doy uni, guruch, grechka, makaron, olma, banan, tovuq go‘shti (file).

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing