Polshaning Orion Tobacco kompaniyasi O‘zbekistonda o‘z fabrikalarini ochadi

Iqtisodiyot

Orion Tobacco O‘zbekiston hududlarida umumiy qiymati €6 mln bo‘lgan ishlab chiqarish quvvatlarini ochadi. Yirik Polsha kompaniyasi tamaki ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, kofe mahsulotlarini qadoqlashni tashkil etish va shokolad barlari ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda.

Polshaning Orion Tobacco kompaniyasi O‘zbekistonda o‘z fabrikalarini ochadi
Foto: Google maps
O‘zbekistonning Polshadagi elchisi Baxrom Babayev Polshaning “Orion Tobacco Poland Sp. z o.o.” kompaniyasi rahbari Boguslav Chernekom bilan uchrashdi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.

Agentlik xabariga koʻra, muzokaralar chogʻida qoʻshma loyihalarni amalga oshirish masalalari, xususan, Surxondaryo viloyatida qiymati €3 mlnlik tamaki ishlab chiqarishini tashkil etish, €2 mlnlik kofe mahsulotlarini qadoqlashni tashkil etish va qiymati €1 mln bo‘lgan yong‘oqli shokolad barlari Samarqand viloyatida ishlab chiqarishni tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Ushbu loyihalarning quvvati oyiga 60 tonna mahsulotni tashkil etishi kutilmoqda. Bundan tashqari, 500 dan ortiq yangi ish o‘rni yaratiladi. Polsha kompaniyasi rahbari ushbu loyihalar investorning bevosita mablag‘lari hisobidan, shuningdek, Polsha texnologiyalaridan foydalangan holda amalga oshirilishini aytdi.

Orion Tobacco — sigaretalar, nozik kesilgan tamaki, quvurli tamaki va shisha tamaki ishlab chiqarish bo'yicha Polshada yetakchi hisoblanadi. Uning mahsulotlari dunyoning 20 dan ortiq mamlakatlariga eksport qilinadi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing