Prezident Administratsiyasida narkotrafik ustidan nazoratni kuchaytirish talab qilindi

O'zbekiston

Qat’iy va doimiy nazoratni talab qiladigan yana bir muhim masala - giyohvand moddalar savdosi va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish.

Prezident Administratsiyasida narkotrafik ustidan nazoratni kuchaytirish talab qilindi
Bugun Prezident Administratsiyasida kuch tuzilmalari rahbarlari bilan ishchi yig‘ilish o‘tkazildi. Narkojinoyatchilik, jinoiy guruhlar va noqonuniy qurol-yarog‘ aylanmasiga qarshi kurashish bo‘yicha muvofiqlashtirilgan samarali tizimni qisqa muddatda yaratish vazifasi qo‘yildi.

Jamiyatda, birinchi navbatda yoshlar orasida giyohvand moddalarning tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik, yosh avlodni giyohvandlik balosidan asrash va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash davlatning bevosita burchidir.  Bu yo‘nalishdagi har qanday noqonuniy xatti-harakatlarga qat’iy ravishda chek qo‘yilishi shart.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing