Prezident Jamshid Xodjayevni ogohlantirdi, ikki kishini lavozimidan ozod qildi

O'zbekiston

Prezident raisligida bo‘lib o‘tayotgan yig‘ilishda kompleks rahbariyati so‘nggi olti yilda chetdan qariyb 50 milliard dollar investisiya kirgani haqida ma’lumot berayotgani, lekin ushbu investisiyalarning yalpi ichki mahsulotga, qo‘shilgan qiymatga, eksportga ta’siri qanday bo‘lgani bo‘yicha tahlillar yetarli emasligi qayd etildi.

Prezident Jamshid Xodjayevni ogohlantirdi, ikki kishini lavozimidan ozod qildi
Shu munosabat bilan kompleks uchun mas’ul Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xodjayev chorak yakunigacha o‘zgarish qilmasa, lavozimiga loyiqligi ko‘rib chiqilishi to‘g‘risida ogohlantirildi.

O‘z tizimidagi kamchiliklar va sustkashlik uchun Investisiyalar va tashqi savdo vaziri o‘rinbosari B.Abidov va Texnik tartibga solish agentligi rahbari D.Sattarov lavozimidan ozod qilindi.

Investisiya kompleksiga kiruvchi vazir va hokimlarning rejalari va natijalari sust bo‘lgan o‘rinbosarlari ishdan bo‘shatilib, ularga aniq KPI belgilanishi va shundan keyin bir yil muddatga shartnoma asosida ishga olinishi belgilandi. Natijaga qarab shartnoma uzaytiriladi yoki bekor qilinadi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing