Prezident Mo‘g‘ulistonga tashrifini yakunladi

O'zbekiston

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Mo‘g‘ulistonga davlat tashrifi yakunlandi. Ushbu tashrif ikki tomonlama munosabatlar tarixida birinchisi bo‘ldi va O‘zbekiston-Mo‘g‘uliston hamkorligi rivojida yangi sahifa ochdi.

Prezident Mo‘g‘ulistonga tashrifini yakunladi
Tashrif doirasida 24-iyun kuni Ulan-Bator shahrida O‘zbekiston yetakchisining Mo‘g‘uliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux bilan tor va kengaytirilgan tarkibdagi muzokaralari bo‘lib o‘tdi. Tomonlar o‘zaro hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini, jumladan, savdo-iqtisodiy va sanoat sohalaridagi aloqalarni muhokama qildilar. Uning yakunida Keng qamrovli sheriklik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risida qo‘shma deklaratsiya imzolandi.

Prezidentlar rafiqalari bilan birga ikki mamlakat san’at ustalarining konsert dasturini tomosha qildi. 25-iyun kuni "Ix Tanger" davlat majmuasida davlat rahbarlari va birinchi xonimlar xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik mustahkamlanib borayotgani ramzi bo‘lgan daraxt ekish marosimida ishtirok etdi.

Tashrif dasturi Mo‘g‘ulistonning an’anaviy "Naadam" o‘yinlarini birgalikda tomosha qilish bilan yakunlandi. Tadbirlar yakunlangach, O‘zbekiston Prezidenti Toshkentga jo‘nab ketdi. Aeroportda davlatimiz rahbarini Mo‘g‘uliston tashqi ishlar vaziri Batmunx Batsetseg va boshqa rasmiy shaxslar kuzatib qo‘ydi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing