Prezident Shavkat Mirziyoyev Olmaliqdagi yirik sanoat loyihalarini ko‘zdan kechirdi

O'zbekiston

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 15-oktyabr kuni Olmaliq kon-metallurgiya kombinati hududidagi yirik loyihalarning qurilish maydoniga tashrif buyurdi. U "Yoshlik-1" koni va yangi 3-mis boyitish fabrikasi bilan tanishdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Olmaliqdagi yirik sanoat loyihalarini ko‘zdan kechirdi
Olmaliq kon-metallurgiya kombinati O‘zbekiston sanoatining yetakchi korxonalaridan biri bo‘lib, qimmatbaho metallar ishlab chiqarishda katta ahamiyatga ega. 2023-yilda korxonada 148 ming tonna mis va 17 tonnadan ortiq oltin ishlab chiqarilgan. Kombinatning yangi "Yoshlik-1" koni mamlakat iqtisodiyotida muhim o‘rin tutmoqda.

Yangi 3-mis boyitish fabrikasi qurilishi 2021-yilda boshlangan bo‘lib, loyiha qiymati 4,6 milliard dollarga teng. Bu loyiha yordamida yiliga 60 million tonna rudani qayta ishlash imkoniyati yaratiladi va kombinatta 5,600 ta yangi ish o‘rni ochiladi. Zamonaviy texnologiyalar va xalqaro tajriba asosida ishlab chiqarish jarayonlari joriy qilinmoqda.

Shavkat Mirziyoyev zavodning iqtisodiy samaradorligi va kelgusidagi rivojlanish rejalari bilan yaqindan tanishdi. Loyiha natijasida Olmaliq kombinati dunyodagi eng yirik kon-metallurgiya majmualaridan biriga aylanishi kutilmoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing