Prezident turistlarni jalb qilish bo‘yicha yangi imkoniyatlarga to‘xtalib o‘tdi
O'zbekiston
Bunda, eng avvalo, qo‘shni davlatlardan, Rossiya va Xitoydan sayyohlarni jalb qilish uchun katta salohiyat mavjudligi ta’kidlandi.
Masalan, Xitoyning hamma provinsiyalariga borib, hududlarimiz turistik salohiyatini keng targ‘ibot qilish, Xitoydan Samarqand, Buxoro, Xorazmga, Surxondaryo va Farg‘ona vodiysiga aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish muhimligi ko‘rsatib o‘tildi.
Mamlakatimizga uzoq davlatlardan kelayotgan turistlar oqimi 3-4 barobar oshdi.
Misol uchun, bu yil Hindistondan, Yaponiyadan, AQSHdan, Italiyadan sayyoh ko‘paydi. Lekin, Malayziya, Indoneziya, Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari, Misr, Qatardan hamda Yevropadan turistlarni jalb qilish ishlari sust ekani ta’kidlandi.
Ushbu mamlakatlardagi elchilarga va viloyat hokimlarining turizm bo‘yicha o‘rinbosarlariga turistlarni jalb qilish bo‘yicha ishlarni kuchaytirish topshirildi.

Powered by Froala Editor