Prezident YeI bilan hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi
O'zbekiston
Prezident Yevropa diplomatiyasi rahbari Kaya Kallas bilan asosiy loyihalar va bo‘lajak "Markaziy Osiyo - Yevropa Ittifoqi" sammitiga tayyorgarlik masalalarini muhokama qildi. Kun tartibidan savdo, "yashil" energetika, raqamlashtirish sohalari va kengaytirilgan sheriklik bo‘yicha katta rejalar o‘rin olgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 27-mart kuni Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar bo‘yicha Oliy vakili Key Kallas boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Muzokaralar chog‘ida iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, asosiy qo‘shma loyihalar va 3-4 aprel kunlari Samarqandda bo‘lib o‘tadigan "Markaziy Osiyo - Yevropa Ittifoqi" sammitiga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi.
Savdo, logistika va infratuzilmani modernizatsiya qilish, "yashil" energetika va raqamlashtirish sohalarida hamkorlikni kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishi hamda YeI bilan Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi yangi bitimni imzolash masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv O‘zbekistonning Yevropa tuzilmalari bilan faol muloqoti va mintaqalar o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash fonida bo‘lib o‘tdi.

Powered by Froala Editor