Prezidentning matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlariga tabrigi
O'zbekiston
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev jurnalistlar, soha faxriylari, barcha matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlarini kasb bayrami - Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan tabrikladi.
"Yangi O‘zbekistonning yangilanayotgan ommaviy axborot vositalarida o‘z missiyasini sharaf bilan olib borayotgan siz, hurmatli jurnalistlar, muhtaram faxriylarni, barcha ijodiy va texnik xodimlarni chin qalbimdan tabriklayman," - dedi davlat rahbari o‘z murojaatida.
Prezidentimiz shiddat bilan o‘zgarib borayotgan notinch dunyoda ommaviy axborot vositalarining o‘rni tobora ortib borayotganini ta’kidlab, jurnalistlar mehnatini "muqaddas Vatan sarhadlari himoyachilarining jasorati"ga qiyosladi.
Uning ta’kidlashicha, mamlakatda 2400 ga yaqin OAV faoliyat yuritadi, ularning 65 foizi nodavlat ommaviy axborot vositalaridir. Internetdan foydalanuvchilar esa 14,7 dan 32,7 millionga yetdi. Yosh mualliflar va mustaqil prodyuserlarni qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, Bolalar uchun kontent markazini tashkil etish media sohasini rivojlantirishdagi asosiy qadamlar sifatida qayd etildi.
Prezident 2030-yilgacha bolalar nashrlari foyda solig‘idan ozod etilishini eslatib, onlayn platformalar foydalanuvchilarini himoya qilish muhimligini ta’kidladi. Shuningdek, u "Oltin qalam" milliy mukofoti endi 27 iyun kuni topshirilishini ma’lum qildi.

Powered by Froala Editor