Professor Guli Shayxova xalqaro koʻrgazmada oltin medalni qoʻlga kiritdi
O'zbekiston
Tibbiyot fanlari doktori Guli Shayxova yurak-qon tomir tizimining xavfli kasalliklarini oldini olishga yordam beradigan mahsulot yaratgani uchun “Koreya Xalqaro Ixtirochi Ayollar Ko'rgazmasi"da taqdirlandi.
Tiibbiyot fanlari doktori, professor Guli Shayxova Koreyada bo’lib o’tgan “Koreya Xalqaro Ixtirochi Ayollar Ko'rgazmasi" (KIWIE-2023) da o’z ilmiy ishlari bilan ishtirok etib, oltin medalni qo’lga kiritdi.
U Koreya, Tayvan, Eron, Pokiston, Hindiston kabi mamlakatlardan kelgan ishtirokchilarni ham qiziqtira olgan mahsulotlarni ixtiro qilgan. Ulardan birinchisi — “Igneus”. Olimaning aytishicha, faqatgina tabiiy giyohlarning aralashmasidan tashkil topgan Igneusni muntazam ravishda iste'mol qiladigan insonda barcha tana a’zolari o’zining maksimal darajadagi faolligini ko’rsatadi. Bir necha oy davomida tinimsiz o’tkazilgan ilmiy izlanishlar va sinovlar natijasida ushbu mahsulot giperkolesterolemiya, ishemiya, tromboz, koagulyatsiya, ateroskleroz va tomirlarning spazmi kabi yurak-qon tomir tizimining xavfli kasalliklarini oldini olishga yordam berishi isbotlangan. Gastrit, oshqozon va o'n ikki barmoqli ichak yarasi, fermentopotiya va buzilgan peristaltika kabi surunkali ovqat hazm qilish muammolari, shuningdek, hemoroid va kolit kabi surunkali kasalliklardan aziyat chekayotgan bemorlarda ham sinalgan Igneus, samarali natija bergan.
Olima ayolning aytishicha, u bir necha marta ilmiy tekshiruvlar o’tkazganidan keyingina, bemorlarda sinovdan o’tkazib, haqiqatda foydali ekanligini aniqlangan “Numa” korxonasining vitamin D3 mahsulotini ham Koreyaga olib borgan. Xalqaro maydonda xorijlik fan olimlarini ham qiziqtira olgan bu tabiiy vosita immunitet tizimini rag'batlantiradi, saraton kasalligini oldini oladi. Suyak va bo'g'imlarni mustahkamlaydi. Energiyani oshiradi. Osteoxondroz va artritga yordam beradi, tishlarni mustahkamlaydi, qonning kalsiy va fosforini so'rilishini yaxshilaydi.
Guli Shayxova va uning 10 ga yaqin shogirdlari olib borgan tadqiqotlaga ko’ra, D3 vitaminini qabul qilgan insonlarda COVID-19 infeksiyasi bilan kasallanish holatlari sezilarli darajada kamaygan. D3 o'pka faoliyatini me’yorlanishiga katta ta’sir ko’rsata olgan. Zaiflik, mo'rt suyaklar, tish muammolari, bo'shashish, tez-tez shamollash va boshqa kasalliklar bilan kurashishda ham muhim rol o'ynashi aniqlangan.

Powered by Froala Editor