Putin 16–17-may kunlari Xitoyga tashrif buyuradi

Dunyo

XXR raisi Si Szinpinning taklifiga binoan, Rossiya prezidenti Vladimir Putin 16–17-may kunlari davlat tashrifi bilan Xitoy Xalq Respublikasida bo‘ladi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar berdi.

Putin 16–17-may kunlari Xitoyga tashrif buyuradi
“Rossiya va Xitoy rahbarlari keng qamrovli sheriklik va strategik hamkorlik masalalarining butun majmuasini atroflicha muhokama qiladilar, Rossiya-Xitoy amaliy hamkorligini yanada rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini belgilaydilar, shuningdek, eng dolzarb xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasidan atroflicha fikr almashadilar”,— deyiladi bayonotda.

Bundan tashqari, Vladimir Putin va Si Szinpin diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 75 yilligi va Rossiya-Xitoy madaniyati yilining ochilishiga bag‘ishlangan tantanali tadbirda ishtirok etadi.

XXRga tashrif Putinning Rossiya prezidenti etib qayta saylanganidan keyingi ilk xorijiy safari bo‘ladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing