Putin Kim Chen Inga yana bir “Aurus”, xanjar va choy to'plamini sovg'a qildi

Dunyo

Pxenyanda uchrashgan Rossiya va Shimoliy Koreya yetakchilari sovg‘alar almashishdi: Kim Chen In Vladimir Putinga Rossiya prezidenti tasvirlangan bir nechta san’at asarini, Rossiya prezidenti esa KXDR raisiga ikkinchi “Aurus” avtomobili va chiroyli choy to‘plamini sovg‘a qildi.

Putin Kim Chen Inga yana bir “Aurus”, xanjar va choy to'plamini sovg'a qildi
Rossiya prezidenti Shimoliy Koreyada tashrif bilan bo’lib turibdi, chorshanba kuni ikki mamlakat rahbarlari ikki soat davomida yuzma-yuz muloqot qilishdi, keng qamrovli strategik sheriklik to'g'risida shartnoma imzolandi.

Rossiya federatsiyasi Prezidentining yordamchisi Yuriy Ushakovning aytishicha, Putin va Kim o’zaro sovg'alar almashgan.

KXDR rahbari Rossiya rahbaridan ikkinchi “Aurus” rusumli avtomobilni, xanjar va “juda chiroyli” choy to‘plamini oldi.

Ushakov Kim Putinga aynan nima berganini oshkor qilmadi, lekin bu "yaxshi sovg'alar" ekanligini va ular Rossiya prezidentining surati bilan bog‘liqligini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, sovg‘alar orasida byustlar ham bor, deb yozmoqda TASS.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing