Putin Suriyaga Bashar Asadni topshirishdan bosh tortdi
Dunyo
Rossiya Damashqdagi yangi hukumatning, Rossiyaga qochib ketgan Bashar Asadni topshirish haqidagi iltimosini rad etdi. Bu haqida “The New York Times” gazetasiga bergan intervyusida Suriyaning vaqtinchalik prezidenti Ahmad ash-Shar’a ma’lum qildi.
Rossiya, Suriyaning yangi hukumati tomonidan ilgari surilgan va Rossiyaga qochib ketgan sobiq prezident Bashar Asadni topshirish haqidagi talabni rad etdi. Bu iltimos Rossiya hukumatiga yanvar oyida yuborilgan edi, deya ma’lum qildi vaqtinchalik Suriya prezidenti Ahmad ash-Shar’a “The New York Times” gazetasiga 23-aprel kuni bergan intervyusida.
Rad etilishiga qaramay, Suriyaning yangi hukumati Rossiya bilan aloqalarni uzmoqchi emas va NYT nashriga ko‘ra, “Suriyalik amaldorlar Kreml bilan muzokaralarga ochiqdek ko‘rinmoqda.”
Ash-Shar’a shunday dedi: “Rossiya – BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy a’zosi. Suriyaning qurollari to‘liq Rossiya mahsuloti. Bundan tashqari, Suriya yillar davomida Rossiyadan oziq-ovqat va energiya yetkazib berish bo‘yicha ko‘plab bitimlarga tayanib kelgan.”
Uning ta’kidlashicha, uning hukumati “Suriyaning ushbu manfaatlarini hisobga oladi.”
NYT eslatishicha, vayronkor fuqarolar urushi davrida Moskva Asad rejimini qo‘llab-quvvatlash uchun Suriyaga samolyotlar, kemalar, qo‘shinlar va harbiy maslahatchilar yuborgan edi.
“Hozirgacha boshqa davlatlardan Suriya qurol-yarog‘ini almashtirishga doir takliflar olganimiz yo‘q”, deydi Ash-Shar’a. Bu bilan Suriya yana Rossiyaning qo‘llab-quvvatlashiga muhtoj bo‘lishi mumkinligini bildirdi.
29-yanvar kuni SANA axborot agentligi xabariga ko‘ra, Suriyaning yangi hukumati Rossiya delegatsiyasi bilan Damashqda o‘tkazilgan muzokaralar chog‘ida Rossiyadan “xalq bilan ishonchni tiklashda muayyan choralar, jumladan, tovonlar, qayta qurish va tiklash ishlari orqali rol o‘ynashini” kutayotganini bildirgan.
Rossiya delegatsiyasiga Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mixail Bogdanov va Rossiya prezidentining Suriyadagi maxsus vakili Aleksandr Lavrentyev boshchilik qilgan. Bu Bashar Asad ag‘darilganidan keyin Rossiya rasmiylarining Suriyaga ilk rasmiy tashrifi bo‘ldi.

Powered by Froala Editor