Putin va Modi Kremlda muzokara o'tkazmoqda

Siyosat

Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Hindiston bosh vaziri Narendra Modi Kremlda tor doiradagi muzokaralarni boshladi, deya xabar bermoqda RIA Novosti.

Putin va Modi Kremlda muzokara o'tkazmoqda
"Mamlakatlarimiz o'rtasida juda qadimiy do'stlik, o'nlab yillar davomida rivojlangan yaxshi munosabatlar mavjud va bu yil biz diplomatik munosabatlarning 77 yilligini nishonlamoqdamiz. Bugun munosabatlarimiz alohida, imtiyozli strategik sheriklik xarakteriga ega",― dedi Rossiya rahbari.

Shuningdek, u savdo aloqalari rivojlanayotganini qayd etdi. O‘tgan yili ikki davlat o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 66 foizga, 2024-yilning birinchi choragida esa yana 20 foizga oshdi.

Bundan tashqari, Rossiya prezidenti Hindiston bosh vaziriga Ukraina inqirozini tinch yo‘l bilan hal etishga qaratayotgan e’tibori uchun minnatdorchilik bildirdi.

Modi, o‘z navbatida, Moskva va Nyu-Dehli hamkorlikni davom ettirishga va hamkorlikning barcha jabhalarini mustahkamlashga ishonch bildirdi. U, shuningdek, Putin bilan “Ukraina mavzusini” muhokama qilganini tasdiqladi.

“Do‘stingiz sifatida men doimo kelajak avlodlarimizning yorug‘ kelajagi uchun tinchlik o’ta zarur deb aytaman, shuning uchun urush muammoni hal qilmasligiga, aniqrog’i urush orqali muammoning yechimini topib bo‘lmasligiga ishonamiz. [... ] Biz har qanday yordamga tayyormiz”,― dedi Hindiston bosh vaziri.

Putin, shuningdek, Modiga Hindiston davlati taraqqiyotida yangi muvaffaqiyatlar tiladi va uni shu yilning kuzida Qozonda boʻlib oʻtadigan BRIKS sammitiga taklif qildi.

Hindiston bosh vaziri 8–9-iyul kunlari rasmiy tashrif bilan Rossiyada bo‘lib turibdi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing