Putin Yadro sinovlarini toʻliq taqiqlash toʻgʻrisidagi shartnomani ratifikatsiya qilishni bekor qiluvchi qonunni imzoladi
Dunyo
Shartnoma Rossiya Federatsiyasi nomidan 1996-yil 24-sentyabrda Nyu-Yorkda imzolangan va 2000-yil 27-mayda ratifikatsiya qilingan.
Rossiya Prezidenti Vladimir Putin tegishli qonunni imzoladi, unga koʻra Moskva Yadroviy sinovlarni toʻliq taʼqiqlash toʻgʻrisidagi shartnomani (YSTTTSH) ratifikatsiyasini qaytarib oladi. Ushbu hujjat rasmiy huquqiy axborot portalida e'lon qilingan.
Shartnoma Rossiya Federatsiyasi nomidan 1996-yil 24 -sentyabrda Nyu-Yorkda imzolangan va 2000-yil 27-mayda Rossiya tomonidan ratifikatsiya qilingan. Ushbu ko'p tomonlama hujjat barcha turdagi yadro sinovlarini to'xtatish uchun asosiy xalqaro huquqiy hujjat bo'lishi kerak edi.
Biroq shu kungacha shartnoma kuchga kirmadi, chunki yadro quroliga ega yoki uni yaratish salohiyatiga ega 44 davlatdan sakkiztasi uni ratifikatsiya qilmagan.
Qayd etilishicha, qabul qilingan qonun yadro qurollarini nazorat qilish sohasidagi majburiyatlar tengligini tiklash uchun ishlab chiqilgan. Shu bilan birga, aniqlik kiritilishicha, hujjat Rossiyaning ratifikatsiya yorlig‘ini olib chiqishi uchun huquqiy asos yaratadi, biroq mamlakatning YSTTTSH'dan chiqishini nazarda tutmaydi.
Ma'lum qilinishicha, YSTTTSH ratifikatsiyasini bekor qilish tashabbusi Davlat Dumasiga 13-oktabr kuni taqdim etilgan. Federatsiya Kengashi senatorlari 25-oktabr kuni Rossiya Federatsiyasining yadroviy sinovlarni taqiqlash to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qilishdan chiqishini bir ovozdan ma’qullagan.

Powered by Froala Editor