Qashqadaryo salohiyatini aholi daromadi va yangi ish oʻrinlariga aylantirish vazifalari belgilandi
O'zbekiston
Prezident Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazdi.
Davlatimiz rahbari soʻzini yigʻilish ishtirokchilarini Oʻzbek tili bayrami bilan tabriklashdan boshladi. Qashqadaryo farzandi, Oʻzbekiston Qahramoni va davlat madhiyamiz muallifi Abdulla Oripovning ona tilimiz rivojiga qoʻshgan hissasini alohida eʼtirof etdi.
– Kecha viloyatning shahar va tumanlarida, mahallalarida boʻlgan oʻzgarishlarni, tadbirkor, investor, yoshlarning koʻzlaridagi shijoatni koʻrib, juda katta kuch oldim, – dedi davlatimiz rahbari.
Bir necha yil avval eng murakkab vaziyatdagi hududlardan biri boʻlgan Qashqadaryoni yil yakuniga qadar kambagʻallik va ishsizlikdan xoli hududga aylantirish maqsad qilingan. Joriy yilning toʻqqiz oyida sanoat, xizmatlar va qishloq xoʻjaligida oʻsishga erishildi. Biroq viloyatning hozirgi natijalari uning boy resurslari va inson salohiyatiga hali toʻliq mos kelmayotgani taʼkidlandi.
Qashqadaryo iqtisodiyotining oʻsishi uchun, avvalo, sanoatda qoʻshilgan qiymatni oshirish zarur. Viloyatdagi gaz, elektr energiyasi va yer osti boyliklari tayyor mahsulot ishlab chiqarishga xizmat qilishi kerakligi koʻrsatib oʻtildi. Shu maqsadda “GTL” zavodidagi yangi loyihalar, naftadan polimer va neft-kimyo mahsulotlari olish, Dehqonobod kaliy zavodi quvvatini kengaytirish hamda kichik tonnajli kimyoni rivojlantirish imkoniyatlari koʻrib chiqildi. Masʼullarga 20 milliard dollarlik loyihalar va 50 ming ish oʻrnini qamrab oladigan uch yillik dastur tayyorlash topshirildi.
Bu loyihalar yirik korxonalar atrofida mahalliy ishlab chiqaruvchilarni ham birlashtirishi lozim. Shuning uchun viloyatda oltita sanoat klasteri tashkil etiladi, “Qashqadaryo” erkin iqtisodiy zonasining filiallari ochiladi. Ularning infratuzilmasi uchun dastlab 250 milliard soʻm yoʻnaltiriladi. Zamonaviy traktor va qishloq xoʻjaligi texnikalarini mahalliylashtirish, agrodronlar ishlab chiqarish ham shu yoʻnalishdagi vazifalardan boʻldi.
Sanoat oʻsishi barqaror energiya taʼminotiga ham bogʻliq. Kelasi yil viloyatda “Masdar” kompaniyasining 300 megavattli quyosh elektr stansiyasi va energiya saqlash quvvati ishga tushiriladi. Qarshi tumanida chiqindidan elektr olish loyihasi yakunlanmoqda. Yangi quvvatlarni isteʼmolchilarga yetkazish uchun Nishon va Koʻkdalada yirik podstansiyalar qurish, Tolimarjon – Soʻgʻdiyona yoʻnalishidagi 245 kilometrlik elektr tarmogʻini tugallash vazifalari qoʻyildi.
Qishloq xoʻjaligi ham aholi daromadini oshirishning muhim manbai sifatida koʻrib chiqildi. Viloyatda ushbu sohaning oʻzida qoʻshimcha 200 ming kishini daromadli qilish imkoniyati bor. Jahon banki bilan Misr tajribasi asosida sakkizta tumandagi 100 ming gektar yaylovga dronlar yordamida qurgʻoqchilikka chidamli chorva ozuqasi ekiladi, chorvachilik komplekslari tashkil etiladi. Gʻuzorda 10 ming gektar yer foydalanishga kiritilib, dehqonlarga beriladi. Kosmik maʼlumotlar asosida aniqlangan yana 30 ming gektar maydonni oʻzlashtirishga misrlik mutaxassislar jalb qilinadi.
Yerdan samarali foydalanish uchun suv taʼminoti ham yaxshilanadi. Qashqadaryoda ekin maydonlariga suv yetkazish qimmatga tushayotgani sababli kelasi yil 265 kilometr kanal betonlashtiriladi, 20 ta nasos yangilanadi. Fermerlar bilan birga 75 ming gektarda suv tejovchi texnologiyalar joriy etiladi. Bu yil qurilgan kichik suv hovuzlari tajribasi yana beshta tumanda kengaytiriladi.
Aholining toza ichimlik suviga ehtiyoji alohida muhokama qilindi. Ajratilgan mablagʻlar hisobidan 747 kilometr suv va kanalizatsiya tarmogʻi hamda 43 ta inshoot qurilishi yakunlanib, 200 ming kishi toza suv bilan taʼminlanadi. Hisorak suv omboridan Qarshi shahri va atrofdagi tumanlarga tarmoq tortish yana 350 ming aholiga xizmat qiladi. Tolimarjon – Muborak suv tizimini rekonstruksiya qilish esa beshta tumandagi 700 ming kishining suv taʼminotini yaxshilashga qaratilgan.
Hududlar oʻrtasidagi aloqani yengillashtirish uchun yoʻl loyihalari ham belgilandi. Osiyo taraqqiyot banki bilan A-380 avtomobil yoʻlining viloyatdan oʻtuvchi 100 kilometr qismi rekonstruksiya qilinadi. Qarshi shahri aylanma yoʻli ushbu magistralga ulanadi. Poyezd oʻtayotgan vaqtda tirbandlik yuzaga keladigan ikki temir yoʻl kesishmasida zamonaviy yoʻl oʻtkazgichlar quriladi.
Yigʻilishda yirik loyihalarning samarasi har bir mahallada sezilishi kerakligiga eʼtibor qaratildi. Qamashi tumanidagi Chim mahallasida maktab, bogʻcha, poliklinika, yoshlar markazi, sport majmuasi va istirohat bogʻi barpo etildi. Eng muhimi, mahallada kambagʻal oila va ishsiz aholi qolmadi. Kelgusi yil Mustaqillik bayramigacha shu tajriba asosida har bir tumanda ikkitadan zamonaviy mahalla markazi tashkil etiladi. Mirishkorda limonchilik, baliqchilik va bogʻdorchilik loyihalari boshlanadi, ijaraga berilgan yerlarda yuqori daromadli ekinlar yetishtirish kengaytiriladi.
Bunday tashabbuslarni amalga oshirishda banklar faqat yangi kredit mahsulotlarini taklif etish bilan cheklanmasligi taʼkidlandi. Ularning ishi resurs olgan korxonalar soni va biznesning oʻsishi bilan baholanadi. Kredit ajratishda pul oqimi va aniq buyurtmalarni hisobga olish, tadbirkorlardan soʻraladigan ortiqcha hujjatlarni bekor qilish vazifasi qoʻyildi.
Qashqadaryoning tabiiy imkoniyatlari turizmda ham yangi ish oʻrinlari yaratishi mumkin. Yil boshidan viloyatga 2,5 million sayyoh kelgan, Gʻelon qishlogʻining oʻziga tashrif buyurganlar soni 500 mingga yetgan. Gʻelonda togʻ-changʻi kurortining birinchi bosqichini ishga tushirish, boshqa togʻ qishloqlarida etnoturizm, Shahrisabz tumanida rafting va sport turizmini rivojlantirish rejalashtirilgan. Olti qishloq boʻyicha master-rejalar tayyorlanib, 50 million dollarlik loyihalar boshlanadi.
Yangi ish oʻrinlariga yoshlarning kasbiy tayyorgarligi ham muhim. Qarshi shahridagi Ilgʻor kasbiy mahorat texnikumining Germaniyada malaka oshirgan 32 nafar ustasi hozir viloyatdagi 57 ta texnikum ustalarini oʻqitmoqda. Bu yerda oʻquvchilar maktab attestati bilan birga kasbiy sertifikat oladi, germaniyalik mutaxassislar esa yoshlarga til va kasb oʻrgatadi. Masʼullarga maktablar bilan texnikumlar oʻrtasida oʻquvchilarni kasbga yoʻnaltirishning aniq tizimini yaratish topshirildi.
Qashqadaryolik oʻquvchilarning natijalari ham eʼtirof etildi. Qarshi shahridagi Prezident maktabi “Cambridge” imtihonlarida respublikada eng yuqori natijani qayd etdi, Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi “Zakovat” turnirida gʻolib boʻldi. Kosonlik Murodjon Xalimov SAT imtihonida maksimal 1600 ball toʻpladi. Kelasi yildan har bir tumanda bittadan maktabda aniq fanlar chet tilida oʻqitiladi. Shuningdek, barcha tumanlarda robototexnika toʻgaraklari ochilib, oʻquvchilar oʻrtasida har yili chempionat oʻtkaziladi.
Viloyatning kelgusi oʻsishi shaharsozlikda ham oldindan puxta rejalashtirishni talab etadi. Qarshi shahri, Koʻkdala va Qarshi tumani chegarasida 500 ming aholiga moʻljallangan Yangi Qarshi shahri, Qarshi tumanida esa “Ko‘hna Nasaf” ekomajmuasi barpo etiladi. Nufuzli arxitektura kompaniyalari ishtirokida bosh reja ishlab chiqilib, yangi hududlar “yashil” va “aqlli” shahar tamoyillari asosida quriladi.
Shu bilan birga, mahallalarda koʻchat ekish va yashil hududlarni koʻpaytirish boʻyicha “Qashqadaryo tajribasi” yoʻlga qoʻyiladi. Har yili Navroʻz arafasida “Eng yashil mahalla” tanlovi oʻtkaziladi.
Yigʻilish yakunida viloyat va tumanlar hokimlarining axboroti tinglandi, faollar bilan muloqot qilindi.

Powered by Froala Editor