"Qatar Airways" O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda

O'zbekiston

"Qatar Airways" Doha — Toshkent — Doha yo‘nalishi bo‘yicha parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda.

"Qatar Airways" O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda
Qayd etilishicha, birinchi parvoz 2024-yil 2-iyunga belgilangan. Yoʻlovchi reyslari haftasiga toʻrt marta — dushanba, chorshanba, juma va yakshanba kunlari Airbus A320 samolyotlarida amalga oshiriladi.

“Biz uchun bu darajadagi yirik aviakompaniyaning Toshkent aeroportiga parvoz qilishi juda muhim. Biz har yili nafaqat reyslar geografiyasini kengaytirish, balki xorijiy aviatashuvchilar sonini ko‘paytirish, bozorda sog‘lom raqobatni rivojlantirish va shu bilan birga, yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash ustida ish olib boramiz”, deya ta’kidlaydi "Uzbekistan Airports".

Ma’lumot uchun, "Qatar Airways" bosh qarorgohi Dohada joylashgan Qatar milliy aviakompaniyasi hisoblanadi. Aviakompaniya dunyo bo‘ylab 170 dan ortiq yo‘nalishlarga parvoz qiladi. "Qatar Airways" ko‘plab nufuzli mukofotlarni qo‘lga kiritgan va "Skytrax" tomonidan yetti marta "Dunyoning eng yaxshi aviakompaniyasi" deb topilgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing