Toshkentda uyga yaqin ishni 2GIS onlayn xaritasi orqali topish mumkin
O'zbekiston
Toshkent aholisi endi uyiga yaqin ish o‘rinlarini 2GIS elektron xaritasi orqali qidirishi mumkin. Pilot loyiha poytaxt hokimiyati va “2GIS” kompaniyasi hamkorligida “15 daqiqalik shahar” konsepsiyasi doirasida amalga oshirilmoqda.
Tomonlar hamkorlik memorandumini imzoladi. Kelishuvga ko‘ra, 2gis.uz saytida Toshkentdagi barcha 585 ta mahallada mavjud bo‘lgan bo‘sh ish o‘rinlari haqidagi ma’lumotlar joylashtiriladi. Loyihaning dastlabki bosqichi Chilonzor tumanidagi barcha mahallalarni qamrab oldi. Platformada hozirning o‘zida ilk dolzarb vakansiyalar e’lon qilingan.
Xarita orqali foydalanuvchilar yashash joyiga yaqin ish o‘rinlarini topishi, taklif etilayotgan ish haqi va malaka talablarini ko‘rishi hamda o‘ziga mos takliflarni tanlashi mumkin. Shu tariqa ish qidirishda nafaqat kasbiy ko‘nikmalar, balki ish joyining qulayligi ham hisobga olinadi.
Loyiha ish qidirish jarayonini soddalashtirish, yo‘lga sarflanadigan vaqtni tejash va transport xarajatlarini kamaytirishga yordam berishi kutilmoqda. Tashabbus, shuningdek, ish joyi kabi kundalik ehtiyojlarni yashash joyiga yaqin hududda ta’minlashga qaratilgan “15 daqiqalik shahar” konsepsiyasini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Chilonzor tumanidagi dastlabki bosqichdan so‘ng, xizmat orqali poytaxtning barcha 585 ta mahallasidagi bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumot berilishi ko‘zda tutilgan. Bu turli hududlarda yashovchilarga mos ish takliflarini yagona raqamli platforma orqali izlash imkonini beradi.
Toshkent hokimiyati boshqa kompaniyalar bilan ham shunga o‘xshash loyihalarni amalga oshirishga tayyorligini bildirdi. 2GIS bilan boshlangan tashabbus shahar xizmatlari va imkoniyatlaridan foydalanishni aholiga yanada qulay qilishga qaratilgan “15 daqiqalik shahar” konsepsiyasini amaliyotga tatbiq etish yo‘lidagi qadamlardan biridir.

Powered by Froala Editor