Qatar Islom banki O‘zbekistonda investitsiya loyihalarini moliyalashtirishi mumkin

Iqtisodiyot

O‘zbekiston TIV rahbari va Qatar Islom banki ijrochi direktori investitsiya loyihalarini moliyalashtirish masalalarini muhokama qildilar.

Qatar Islom banki O‘zbekistonda investitsiya loyihalarini moliyalashtirishi mumkin
O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Doha shahrida Qatar Islom banki ijrochi direktori Bassel Gamal bilan uchrashdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.

“Qatar Islom banki ijrochi direktori janob Bassel Gamal bilan uchrashishdan mamnunmiz”, deb yozdi Saidov.

Qayd etilishicha, muzokaralar kun tartibidan investitsiya loyihalarini ilgari surish, bilim almashinuvini tashkil etish, zamonaviy bank va moliya xizmatlarini rivojlantirish o‘rin olgan. Shuningdek, loyihalarni moliyalashtirish uchun qo‘shma vositalarni joriy etish masalalari muhokama qilingan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing